Kelajak Umidi
KELAJAK UMIDI
Maktabi
Kelajak Umidi maktabi

Har bir farzand ota-onaning eng katta kelajak umidi hisoblanadi. Keling, farzandingizning kelajagini birgalikda quramiz.

Qurilish loyihasi, ya'ni yo'l xaritasini tuzishdan boshlanganidek, biz ham farzandingizning muvaffaqiyat yo'l xaritasini tuzishni boshlaymiz.

Ma'lumot olish
Kelajak Umidi maktabi — tinchlik va bilim ramzi kaptar illyustratsiyasi
Farzandingizdagi iqtidor qaerda yashiringan?

Har bir bola iqtidor bilan tug'iladi — biz uni to'g'ri yo'naltirib, muvaffaqiyat sari yetaklaymiz.

Biz uni birga kashf etamiz va to'g'ri yo'llantiramiz.

Farzandingiz o'rtacha xodim bo'lib qolishini xohlaysizmi?

Iqtidori to'g'ri yo'naltirilmagan bola qanchalik tirishmasin, o'rta darajadan yuqoriga ko'tarila olmaydi. Bizning maktab farzandingizning iste'dodini xalqaro darajadagi talant testlari orqali aniqlaydi va uni o'z sohasining haqiqiy professionaliga yo'llantiramiz.

Muvaffaqiyat sari yo'l
Xalqaro oliygohlarga yo'l xaritasi

Farzandingizni milliy va xalqaro darajadagi universitetlarga grant asosida o'qishga kirishga tizimli tayyorlab boramiz — buning uchun chuqurlashtirilgan SAT darslari o'tiladi.

Shu sababdan farzandingizning milliy va xalqaro universitetlarga grant asosida o'qishga kirishi uchun SAT darslarini yuqori malakali mutaxassislarga ishonib topshirdik.

Qonuniy asos
Vazirlar Mahkamasi qarori №578
13-sentyabr, 2025-yil

SAT imtihonida 1200 ball va undan yuqori (maksimalning kamida 75%) natija ko'rsatgan abituriyentlar — hech qanday imtihonsiz, qo'shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Portfolio — grant yutish kaliti

Portfolio xalqaro top universitetlarga grant yutishi uchun asosiy majmua hisoblanadi, o'quvchi faqatgina SAT bali bilan katta miqdorda grant yutish ehtimoli past bo'ladi.

Shu sababli Kelajak Umidi maktabi Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti professori bilan hamkorlikda har bir o'quvchining portfoliosini tizimli ravishda shakllantirib boradi.

Yaxlit rivojlanish dasturi

Kelajak Umidi ham hamma maktablar qatori faqat fan bilan shug'ullantiradimi degan savol sizda paydo bo'lishi tabiiy.

Kelajak Umidi har bir bolaning yetuk rivojlanishi uchun kuchli tizim shakllantirilib kelinmoqda.

Har bir bola — musiqa, sport va moliyaviy savodxonlik dasturi diagrammasi
Ta'lim yo'nalishi

Bizning o'quv dasturimiz

Eng yaxshi ta'lim — yodlatish emas, balki xatodan xulosa chiqarib, uni qaytarmaslik yo'lini izlashni o'rgatishdir.

1–4sinflar

Bu yoshda asosiy ko'nikmalarni (soft & core skills) rivojlantirish juda muhim. Shu bois asosiy e'tibor quyidagilarga qaratiladi:

  • Kritik fikrlash (critical thinking)
  • Matematik jumboq va mantiqiy o'yinlar
  • Chuqurlashtirilgan musiqa darslari
  • IQ va EQ rivojlantirish
  • Buyuk Britaniya professori tomonidan tayyorlangan maxsus ingliz tili tizimi
  • Kitobxonlik va o'qilgan asarlarni muhokama qilish
5–8sinflar

Bu yoshda fanlar poydevorini mustahkamlash juda muhim, chunki katta hayotga tayyorgarlik aynan shu davrdan boshlanadi. Bu bosqichda barcha faoliyatimiz sharqona tarbiya asosida quriladi.

  • Zamon bilan hamnafas bo'lish uchunIT darslari, sun'iy intellekt (prompt muhandisligi) asosida yangi loyihalarni yo'lga qo'yish
  • Moliyaviy mustaqillik ko'nikmasi uchunBusiness & Meta darslari, halol investitsiya darslari va maxsus Cash Flow o'yinlari
  • Jamiyatda yetakchilikka erishish uchunMantiq darslari, notiqlik san'ati, jamoada ishlash ko'nikmasi, tanqidiy fikrlash
  • Mukammal til ko'nikmalari uchunProfessorlar tomonidan tayyorlangan ingliz, xitoy va rus tili tizimlari
  • Miyaning ikkala yarim sharini barobar rivojlantirish uchunMaxsus tuzilgan 100 ta kitob ro'yxati, shaxmat, musiqa darslari (pianino va gitara), qizlar uchun maxsus raqs darslari
  • Sport yo'nalishlariVoleybol, basketbol, stol tennisi va dzyudo
  • Xalqaro universitetlarga grant asosida kirish uchunSAT Foundation darslari
9–11sinflar

Bu bosqichda o'quvchilar zamonaviy kasblarga hamda xorijiy va milliy universitetlarga grant asosida o'qishga kirish uchun chuqur tayyorlanadi.

  • Xorijda sinovdan o'tgan tizim asosida SAT darslari
  • Warwick universiteti professori tomonidan tayyorlangan tezlashtirilgan ingliz tili darslari
  • Grantlarga asos bo'luvchi maxsus sertifikatlar uchun matematika darslari
  • IT va prompt muhandisligi asosida shaxsiy loyihalar ustida ishlash
  • Moliyaviy mustaqillik uchun Business & Meta darslari va halol investitsiya darslari
  • Dars bosimini kamaytirish maqsadida joriy etilgan kunlik sport tizimi
  • Miyaning bir tomonlama ishlashini oldini olish uchun musiqa to'garaklari
  • Har bir asosiy fanga 2 tadan o'qituvchi biriktirilgan

Qabul jarayoni

Hech bir ota-ona farzandidan moddiyatini ayamaydi, bu safar sizdan farzandingiz uchun oz vaqt ajratishingizni so'rab qolamiz.

01. Maktabga tashrif

Maktab ichki tuzilmasi va dars jarayonlari bilan to'liq tanishish uchun ota-ona farzandi bilan kelishi shart. Bunga sabab — o'quvchining dars jarayonlariga qiziqishini orttirish.

02. Bilim darajasini aniqlash

Bo'lajak o'quvchining dastlabki bilim darajasini aniqlash (bu imtihon emas — bu o'quvchiga qanday yondashishni aniqlab olish uchun zarur).

03. Yo'l xaritasini tuzish

Hujjatlarni rasmiylashtirgandan so'ng o'quvchi uchun maxsus xalqaro standartlardagi talant testlarini o'tkazish va ota-ona bilan o'quvchining muvaffaqiyat yo'l xaritasini tuzib olish.

Kelajak Umidi

Qisqa savollarga javoblar

Maktabga tashrif, tanishuv va suhbatdan so'ng, hujjatlar rasmiylashtiriladi va talant testlari o'tkaziladi — odatda bir necha kun ichida yakunlanadi.

Yo'q. Bu — o'quvchiga qanday yondashishni aniqlab olish uchun o'tkaziladigan suhbat va testlar majmui, baholash yoki saralash emas.

SAT Foundation darslari 5–8-sinflardan boshlanadi, 9–11-sinflarda esa xorijda sinovdan o'tgan tizim asosida chuqurlashtirilgan SAT darslari davom etadi.

Ha. Yaxlit rivojlanish dasturi doirasida barcha o'quvchilar musiqa darslari, 4 turdagi sport to'garaklari va moliyaviy savodxonlik darslarida qatnashadi.

Biz bilan bog'laning

Savollaringiz bo'lsa qo'ng'iroq qiling yoki manzilimizga tashrif buyuring.

ManzilAbu Bakr Rozi ko'chasi, Samarqand, O'zbekiston